Kreditlardan maqsadli foydalanish yo'nalishi | Investitsiya faoliyati uchun |
---|---|
Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar: | O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar |
Kredit valyutasi: | milliy va / yoki xorijiy valyutada |
Kredit miqdori: | Chegaralanmagan |
Foiz stavkasi: | kelishuv bo'yicha |
Kredit muddati: | Loyihaning o’zini-o’zi qoplashidan kelib chiqib 60 oygacha |
Imtiyoz muddati | 12 oygacha |
Kreditlash usuli: | Kredit mablag'lari tovarlar / ishlar / xizmatlar etkazib beruvchilarining hisobvarag'iga o'tkazish orqali naqdsiz shaklda. |
Kreditni to'lash usuli: | Annuitet yoki loyihaning xususiyatidan kelib chiqib boshqa usullarda. |
Mijozning loyihada ishtiroki: | Kamida 30% lik aylanma mablag’lar, mulk va asosiy vositalar shaklida. |
Ta'minot: | Garov ta'minoti qiymati kredit summasining kamida 125% tashkil etishi kerak. Ta'minot turlari: · Mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi; · tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati; · uchinchi shaxs kafolati; · qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug'urta qilinganligi to’g’risida sug'urta polisi; · Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa garov turlari. |
Hujjatlar ro'yxati: | 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar: · ariza; · Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi; · Pasport; · Biznes rejasi; · Ta’minot hujjatlari; · Kredit mablag’lari o’tkazilishi (ko’chirilishi) lozim bo’lgan shartnomalar 2. Yuridik shaxslar: · ariza; · ariza beruvchining ta'sis hujjatlari; · Yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi; · litsenziya (faoliyati bo’yicha lozim bo’lsa); · Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun balansi (1-shakl), shuningdek 90 kundan oshiq muddatga qarzlarni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot (2-shakl) - yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno; · Biznes rejasi; · Ta’minot hujjatlari; · Kredit mablag’lari o’tkazilishi (ko’chirilishi) lozim bo’lgan shartnomalar.
Zaruriyat yuzasidan boshqa hujjatlarni talab qilishi mumkin. |
Qo'shimcha ma'lumotlar: | Qo'shimcha ma'lumotni (78) 150-33-66 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. |