21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

21 October 2020

Bundan 31 yil avval, xuddi shu kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan edi. 
Joriy yilning 10 aprel kuni mamlakatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ushbu bayram har yili 21 oktyabrda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kunda  nishonlanadigan bo‘ldi.
Albatta, o‘zbek tilining o‘z kuni, o‘z bayramiga ega bo‘lishi juda quvonarli hodisa. Buni ona tilimizning haqqoniy tantanasi, davlatchilik an’analarimizning yuksak tarannumi desak arziydi.
Dunyo miqyosida o‘zbek tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 50 millionga yetadi. O‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lgan 100 ta tildan biridir. 
O‘z tarixi, go‘zalligi, malohati nuqtai nazaridan o'zbek tili mazkur tillar bilan bemalol bellasha oladi. Umuman, o‘zbek tili bizning ota-bobolarimizdan o‘tib kelayotgan eng katta boyligimizdir. Uning kelajakda yanada yuksak mavqe va obro‘-e’tibor qozonishi o‘zimizning istagimiz, g‘ururimiz, qat’iyatimizga bog‘liqdir.
Ushbu bayramimiz butun O‘zbekiston xalqiga, yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi ko‘plab kishilarga va dunyoning turli o‘lkalaridagi “O‘zbek tili do‘stlari”ga qutlug‘ bo‘lsin deymiz. 
Shu munosabat bilan “Hi-Tech Bank” XATB barcha yurtdoshlarimizni  21 oktyabr - “O‘zbek tili bayrami kuni” bilan samimiy muborakbod etadi! Shon-sharafli millatimiz, ona tilimiz, davlatimiz mangu gullab-yashnayversin!

Qo'ng'iroqqa buyurtma bering