Sabirov Muzaffar Maxamadjanovich
“Hi-Tech Bank” XATB Boshqaruv Raisi
Tarjimai holi
Ma'lumoti oliy:
- 2005 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
- 2000-2017 yillarda buxgalteriya bo'limining buxgalter-inspektori, kreditlash bo'limining bosh mutaxassisi, monitoring va grant xizmatlari sohasida yetakchi mutaxassis, “Eski shahar” mini-bankining mudiri, Valyuta va nosavdo amaliyotlari bo'limi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, Andijon viloyati filiali kredit bo'limining boshlig’i vazifasini bajaruvchisi, Andijon viloyati filiali boshqaruvchisi o'rinbosari, "Asaka" bank OAJ ning Toshkent shahar filiali xalqaro hisob-kitoblar va konvertasiya bo’limi boshlig'i.
- 2018-2019 yillarda – “Hi-Tech Bank” XATB Boshqaruv Raisining o'rinbosari, Boshqaruv Raisi.
Qabul soatlari
Dushanba 9:00 dan 18:00 gacha
Ochilov Hasan Baxronovich
“Hi-Tech Bank” XATB Boshqaruv Raisining o'rinbosari
Tarjimai holi
Ma'lumoti oliy:
- 1993 yilda Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya hisobi va biznesni boshqarish” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
- 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida Oliy biznes maktabini «Bank ishi va moliya» mutaxassisligi bo'yicha «Biznesni boshqarish magistri» (MBA) darajasiga ega bo’lib tamomlagan.
Umumiy bank ish tajribasi 26 yil.
- 1993-2004 yillarda - "Tadbirkorbank" XATB Samarqand filialida hisobchi xazinachi, 2-toifali mutaxassis, bosh muhosib o'rinbosari, boshqarma boshlig’i o'rinbosari, Amaliyot boshqarmasi boshlig'i.
- 2004-2009 yillarda "Paxtabank" OAJ Samarqand viloyati Jomboy filiali boshqaruvchisi.
- 2009-2011 yillarda “Agrobank” OATB Jomboy va Gulobod filiallari boshqaruvchisi.
- 2011-2016 yillarda "O’zsanoatqurilishbank" OATB Samarqand viloyat filialining boshqaruvchisi bo'lgan.
- 2016-2019 yillarda - “Xalq bank” DAT da kartalari asosida to'lov tizimlarini rivojlantirish departamenti direktori o'rinbosari, Bank kartalari departamenti direktori o'rinbosari, Risk menejment departamenti direktorining o'rinbosari.
- 2019 yilda – “Hi-Tech Bank” XATB da Bank tarmoqlarini rivojlantirish va kapital qurilish boshqarmasi boshlig'i.
Qabul soatlari
Chorshanba kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha
Mamadaliyev Qudratillo Xabibullaevich
“Hi-Tech Bank” XATB Boshqaruv Raisining o`rinbosari, Investisiyalar faoliyatini, loyihalarni boshqarish va kredit amaliyotlarini muvofiqlashtirish markazining rahbari
Tarjimai holi
Ma'lumoti oliy:
- 2001 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini moliya mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
Qabul soatlari
Juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha
Muxamedov Akram Vohidovich
Hi-Tech Bankning bosh hisobchisi
Tarjimai holi
- 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisod yo'nalishi bo'yicha tamomlagan.
- 2004 yilda O'zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasini tamomlagan.
- 2019 yil 4 yanvardan beri “Hi-Tech Bank” XATB Bosh hisobchisi lavozimini egallab kelmoqda.
Mo'minov Muxiddin Jummayevich
Metodologiya boshqarmasi boshlig'i
Tarjimai holi
Ma'lumoti oliy:
- 1991 yil - Toshkent halq xo'jaligi institutini «Iqtisodiyot» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
Umumiy bank ish tajribasi 26 yil.
- 1993-1994 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul siyosati Bosh boshqarmasining «Milliy valyutani kiritishga tayyorgarlik ko'rish va tahlil qilish» bo'limi yetakchi iqtisodchisi, Valyuta - iqtisodiyot Bosh boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi
- 1996-2012 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul – kredit siyosati departamenti «Analitik bo'limi» boshlig'i, Pul – kredit siyosati departamenti direktori, Pul muomalasi departamenti direktori, Pul muomalasi bo'yicha rais maslahatchisi
- 2013-2016 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori
- 2018 yildan – «Hi-Tech Bank» XATB Yuridik boshqarmasi metodologiya bo'limi boshlig'i, Metodologiya boshqarmasi boshlig'i
Ilmiy darajasi:
- 1997 yil - Iqtisod fanlari nomzodi