Cashback kartasi

Kartani atiga 30 000 so’mga sotib olishga shoshiling va bizning Black Quail hamkorimizdan charm hamyonini sovg’a sifatida oling!

Sarflangan pullaringizning foizini kartangizga qaytarib oling, hamkorlarimizning soni har kuni ortib borayapti!
Aksiya 1 iyungacha davom etadi.

Cash Back – bu Hi-Tech Bankning maxsus plastik kartalar egalari uchun taklif etiladigan xizmat.

Ushbu xizmatning mohiyati quyidagilardan iborat: Cash Back kartasi egasi mahsulot yoki xizmat haqini to’lab, uning qiymatining ma’lum foizini karta hisob raqamiga qaytarib oladi. Ushbu foizning qiymati emitent bank tomonidan Cash Bank – hamkori bilan birgalikda belgilanadi. Qaytarilgan foizlar miqdori tovarlar toifasiga, shuningdek, Bankning Cash Bank – hamkoriga bog’liq va sotib olish miqdorining 30% gacha bo’lishi mumkin.

Ushbu xizmat faqat Cash Back tizimidan foydalangan holda Hi-Tech Bank hamkorlaridan amalga oshirilgan xaridlar uchun amal qiladi.

Cash Back xizmati kartadan pul yechish, kartadan kartaga pul o’tkazish va elektron to’lov tizimlari orqali pul o’tkazish kabi operatsiyalarga tatbiq etilmaydi, www.uno.uz mobil ilovasi orqali pul o’tkazmalardan tashqari.

Hisob-kitob davri oxirida dastur shartlariga mos keladigan xaridlarning umumiy miqdori hisoblanadi va mablag’lar kartaga tushadi. Bugungi kunda Cash Back miqdorini hisoblash kuniga bir marta amalga oshiriladi bu O’zbekiston Respublikasida yagona hisoblanadi. Kunning oxirida kartaning egasi o’z kartasiga kiritilgan mablag‘ to’g’risida SMS-xabar orqali ma’lumot oladi. Shuningdek, karta egasi www.uno.uz mobil ilovasi yordamida «Cash Back» tizimi orqali tushirilgan pul mablag’lari miqdori va vaqti to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.


Hi-Tech Bankdan Cash Back kartasini olish tartibi. 

Cash Back – Hi-Tech Bank xizmatidan foydalanish uchun mijoz bankda, www.uno.uz mobil ilovasi yoki www.htb.uz veb-sayti orqali Cash Back kartasini olish uchun ariza to’ldirishi kerak.


Cashback plastik kartasining narxi – EKOIHning 15%.

Karta 5 yil davomida amal qiladi.
Abonent to’lovi va xizmat ko’rsatish – bepul.


Onlayn buyurtmani topshirishda mijoz quyidagilarni taqdim etadi:

Ism, tug’ilgan sana va yil, manzili va telefon raqami. Shaxsiy ma’lumotlar muvaffaqiyatli kiritilganidan so’ng, bank xodimi taqdim etilgan arizani tasdiqlash uchun mijoz bilan bog’lanadi.

Yakuniy bosqichda Cash Back kartasi chiqariladi (1 dan 3 ish kunigacha). Shundan so’ng, mijoz o’z kartasining tayyorligi to’g’risida xabar oladi va chiqarilgan Cash Back kartasini olish variantlarini aniqlaydi. 

Barcha hamkorlar 
 

Qo'ng'iroqqa buyurtma bering