Internet-banking

Onlayn banking

Onlayn banking — bu Sizga bank ofislariga tashrif buyurmasdan, dunyoning istalgan nuqtasidan Internetga kirishni ta’minlovchi har qanday qurilma orqali bank hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini beruvchi xizmatdir.

Ushbu xizmat turi Hi-Tech Bankning korporativ mijozlariga taqdim etiladi. Bu xizmat yordamida Siz, Internetga kirish imkoniyatiga ega har qanday qurilma orqali:

  • Mablag'ni bir hisob raqamidan boshqasiga o'tkazish;
  • Hisob raqamlaringizdagi iqtisodiy harakatlar to'g'risida ma'lumot olish;
  • Hisob bayonotlarini olish;
  • Hisob raqamlaringiz balansini nazorat qilish;
  • Bankka yuborilgan to'lov hujjatlari arxivini yuritib borish;
  • Hisobdagi mablag'larning holati va harakati to'g'risida hisobotlarni olish;
  • Kommunal (elektr energiyasi, gaz, telefon, isitish va hokazo) to'lovlarni amalga oshirish;
  • Aloqa (IP-telefoniya, uyali aloqa va peyjing aloqasi, Internet) va boshqalar uchun to'lovlar amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo'lasiz.


"Online banking" xizmati afzalliklari:

  • Foydalanishga osonligi - bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus bilim yoki ko'nikmaga ega bo'lishning hojati yo'q;
  • Tezkorligi - buyurtmachi va bank o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar onlayn rejimida o'tkaziladi, shu sababli to'lov hujjatlarini qayta ishlash bosqichlarini kuzatib borish imkoniyati paydo bo’ladi;
  • Qulayligi - xizmatga oson ulanish, xizmatdan foydalanishidan qat'iy nazar istalgan kontragentdan to’lovlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish, to'lov topshiriqlari tog’ri to’ldirilganligidan xavotir olmaslik mumkin (hujjatlar to'ldirilishining to'g'riligi ustidan nazorat tizimi);
  • Maxfiyligi – uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz egallashdan himoyalash xalqaro kriptografik formatdagi SSL protokoli, elektron raqamli imzoni qo'llash (ERI) tizimlari yordamida shifrlash yo'li bilan ta'minlanadi;
  • Nazorat qilish imkoniyati - elektron hujjatlar aylanmasining barcha bosqichlari ro’yxatga olib boriladi (amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha hisobotlar, hisob bayonotlari, to'lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar va boshqa hujjatlar), ayni paytda ushbu hujjatlar qog'oz hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.


"Online banking" tizimiga ulanish uchun 4ta oddiy qadam:

    1. Internetga ulangan shaxsiy kompyuterga ega bo’lish.
    2. “Onlayn banking” tizimida xizmat ko’rsatilishi uchun shartnoma tuzish.
    3. Korporativ mijozlariga xizmat ko'rsatuvchi mas’ul xodimdan Siz uchun yaratilgan "elektron kalit"ni qabul qilib olish.
    4. "Onlayn banking" dasturini yuklab olish va ko'rsatmalarga rioya qilgan holda, uni shaxsiy kompyuterga o'rnatish. (Qiyinchiliklar tug’ilgan holda, yuklab olish va o'rnatish jarayonini batafsil o’rganib chiqish lozim)

 

  • "Hi-Tech Bank" XATB mijozlari uchun ushbu tizimgaulanish bepul.
  • Ushbu turdagi aloqa dasturiy ta'minoti universal bo’lib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi.
  • «HI-TECH BANK» XATB o’z mijozlarining bank harakatlari maxfiyligini kafolatlaydi. Mijozlarning tizimga ulanishi maxsus elektron kalit yordamida amalga oshiriladi.
  • Qayta ulangan mijozlar uchun tizim bilan ishlash bo'yicha bepul konsultasiyalar o’tkaziladi.


Onlayn banking tizimiga kirish https://online.htb.uz (tizim faqat Internet Explorer brauzerida ishlaydi)


SMS-informer
SMS-banking – bu Sizning hisobingizga mablag'lar kelib tushgani va yechilgani haqida SMS-xabarnomalar jo’natuvchi xizmat turidir.

Ushbu xizmat Hi-Tech bankning korporativ mijozlariga bepul taqdim etiladi va bitta bank hisob raqamiga uchtadan ko’p bo’lmagan telefon raqami bog’lanishi mumkin.

SMS-banking xizmatining afzalliklari:

  • hisob raqamini doimiy nazorat qilish;
  • qulayligi va foydalanishga osonligi;
  • tizimning har bir foydalanuvchi uchun individual sozlanishi;
  • SMS qabul qilish funksiyasi mavjud bo'lgan har qanday qurilmada foydalanish mumkinligi;
  • Xizmat O'zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlarida ishlashi.

SMS-informer tizimiga ulanish uchun 2ta oddiy qadam:

  1. Ulanish uchun ariza to'ldiring, boshlig’ingiz va bosh buxgalteringizda tasdiqlating, muhr qo'ydiring.
  2. "HI-TECH BANK" XATBning istalgan filialiga arizani topshiring va SMS-xabarnoma tizimiga ulanish uchun shartnoma oling – xizmat shu zahoti ulanadi.

Qo'ng'iroqqa buyurtma bering