Investitsiya loyihalarini kreditlash

Kreditlardan maqsadli foydalanish yo'nalishi

Investitsiya faoliyati uchun

Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar:

O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar

Kredit valyutasi:

milliy va / yoki xorijiy valyutada

Kredit miqdori:

 Chegaralanmagan

Foiz stavkasi:

kelishuv bo'yicha

Kredit muddati:

Loyihaning o’zini-o’zi qoplashidan kelib chiqib 60 oygacha

Imtiyoz muddati

12 oygacha

Kreditlash usuli:

Kredit mablag'lari tovarlar / ishlar / xizmatlar etkazib beruvchilarining hisobvarag'iga o'tkazish orqali naqdsiz shaklda.

Kreditni to'lash usuli:

Annuitet yoki loyihaning xususiyatidan kelib chiqib boshqa usullarda.

Mijozning loyihada ishtiroki:

Kamida 30% lik aylanma mablag’lar, mulk va asosiy vositalar shaklida.

Ta'minot:

Garov ta'minoti qiymati kredit summasining kamida 125% tashkil etishi kerak.

Ta'minot turlari:

·         Mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi;

·         tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;

·         uchinchi shaxs kafolati;

·         qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining  tijorat banki foydasiga sug'urta qilinganligi to’g’risida sug'urta polisi;

·         Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa garov turlari.

Hujjatlar ro'yxati:

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar:

·         ariza;

·         Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;

·         Pasport;

·         Biznes rejasi;

·         Ta’minot hujjatlari;

·         Kredit mablag’lari o’tkazilishi (ko’chirilishi) lozim bo’lgan shartnomalar

2. Yuridik shaxslar:

·         ariza;

·         ariza beruvchining ta'sis hujjatlari;

·         Yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;

·         litsenziya (faoliyati bo’yicha lozim bo’lsa);

·         Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun balansi (1-shakl), shuningdek 90 kundan oshiq muddatga qarzlarni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot (2-shakl) - yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;

·         Biznes rejasi;

·         Ta’minot hujjatlari;

·         Kredit mablag’lari o’tkazilishi (ko’chirilishi) lozim bo’lgan shartnomalar.

 

Zaruriyat yuzasidan boshqa hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar:

Qo'shimcha ma'lumotni (78) 150-33-66 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Qo'ng'iroqqa buyurtma bering